Boselli: "Yunayted" Amorimni bejiz taklif qilmagan"
"Pari NN" hujumchisi Xuan Boselli Ruben Amorim haqida gapirdi.
Portugaliyalik yosh mutaxassis yaqinda «Manchester Yunayted» boshqaruvini qo‘lga oldi.
“U haqiqatan ham juda yaxshi, top murabbiy. Men uning jamoasiga qarshi o‘ynadim. Amorim mening do‘stlarimning murabbiyi edi: Ugarte, Porro.
Menimcha, uni “Yunayted”ga bejiz taklif qilmagan. Ular uning haqiqatan ham yaxshi ish qila olishini payqashdi", - dedi Boselli.