Amorim "Man Siti" bilan o‘yin haqida gapirdi
Ruben Amorim "Manchester Siti" bilan bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida “Sporting” Angliyaning amaldagi chempioni bilan uchrashadi. O‘yin ertaga, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Portugaliyalik mutaxassis ertangi o‘yinning ahamiyati haqidagi savolga "Manchester Yunayted"ga o‘tishi kutilayotgan vaziyatda javob berdi.
"Men bor e’tiborimni “Sporting”dagi g‘alabaga qaratganman. Xulosa men uchun muhim emas, chunki ular noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Agar natija salbiy bo‘lsa, umidlar pasayadi. Agar biz g‘alaba qozonsak, kimdir yangi Aleks Fergyuson "Yunayted"ga kelyapti, deb o‘ylaydi. Bu juda qiyin bo‘ladi", - dedi Amorim.