Pulishich: "Bugun omadim keldi"
Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, Italiyaning “Milan” jamoasi Belgiyaning “Bryugge” klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Italiya klubining ushbu uchrashuvdagi birinchi golini Kristian Pulishich kiritdi, ildizi xorvatiyalik bo‘lgan amerikalik futbolchi g‘alabadan xursand ekanligini aytdi.
"Bugun omadim keldi, lekin juda xursandman. O‘sha paytda gol urishni rejalashtirmagandim, shunchaki shunday bo‘ldi.
Umid qilamanki, bundan keyin ham shunday gol urishda davom etaman. G‘alabami? Bu kelajakka ishonch bag‘ishlaydi, bu juda muhim", - deya Pulishichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.