Pulishich: "San-Siro"ni chinakamiga sevib qoldim"
"Milan"ning aqshlik yarim himoyachisi Kristian Pulishich "San-Siro"da o‘ynash his-tuyg‘ulari haqida gapirdi.
- Men "San-Siro"ni chinakamiga sevib qoldim, uni hammaga tavsiya qilaman. Men bunaqasini hech qachon ko‘rmaganman. Italiyada qayerda vaqtimni o‘tkazishni yaxshi ko‘raman? Komo ko‘li. Lekin Milanning o‘zi ham menga juda yoqadi. Hammasi yonimda, uyimga juda yaqin", - deya Pulishichning so‘zlarini keltiradi RadioRossonera.
Ilgari Pulishich Londonning "Chelsi" jamoasida o‘ynagan.