Amorim «Arsenal»ga qarshi 16 yoshli futbolchini qaydnomaga kiritdi
16 yoshli himoyachi Godvill Kukonki yana Ruben Amorim tomonidan «Manchester Yunayted» qaydnomasiga kiritildi. Bu safar yosh futbolchi Londonning «Arsenal» jamoasi bilan Premyer-liga uchrashuvida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Lisandro Martines diskvalifikasiya qilingan, Lyuk Shou esa jarohat olgan. Shu tariqa, aynan Kukonki «Manchester Yunayted»ning «kanonirlar» bilan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan.
«Arsenal» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:15 da boshlanadi.
Ushbu o‘yin oldidan «Manchester Yunayted» 19 ochko bilan APL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. «Arsenal» 25 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.