Kompani "Bayer" bilan o‘yin oldidan: "Ularda juda kuchli hujumchilar bor"
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya kubogi 1/8 finalida "Bayer"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz Bundesliganing deyarli barcha jamoalari bilan o‘ynaganmiz, "Bayer" - eng yaxshilardan biri. Ularda juda kuchli hujumchilar bor. "Bayer" chuqur himoyalanishni biladi, ular buni chempionatda bizga qarshi o‘yinda qilishdi. Bu safar ular o‘z o‘yinlarini xuddi shunday quradimi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin biz o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak", - deydi murabbiy.
"Bavariya" - "Bayer" o‘yini ertaga, 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.