Alonso - "Bavariya" bilan o‘yin haqida: "Bir o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin"
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso Germaniya kubogi 1/8 finalida "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
"Germaniya kubogi har doim alohida musobaqadir. Myunxendagi o‘yin, ehtimol, Germaniya kubogida duch kelishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir sinovdir, bu hamma uchun katta o‘yin. "Bavariya"ning joriy mavsumdagi o‘yinlarini hisobga olsak, ularning stadionida o‘ynash qanchalik qiyinligini bilamiz. Ammo bu bittalik o‘yin, demak, hamma narsa bo‘lishi mumkin, biz kurashamiz", - dedi Alonso o‘yinoldi matbuot anjumanida.
"Bavariya" va "Bayer" o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.