«Bavariya» Xabi Alonsoga tabrik yo‘lladi
25 noyabr, dushanba kuni «Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonso 43 yoshini nishonladi. «Bavariya» o‘zining sobiq futbolchisiga ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qildi.
«Xabi Alonsoni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz!» - deyiladi Myunxen klubi xabarida.
«Bavariya» Xabi Alonso futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi klub edi. Ispaniyalik sobiq futbolchi 2014-2017 yillarda Myunxen jamoasida o‘ynagan. Bu vaqt ichida Alonso 117 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol urdi va o‘n ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.