Messi Argentina terma jamoasi o‘yini oldidan fikr bildirdi
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining 2024 yildagi so‘nggi o‘yini haqida gapirdi.
Argentinaliklar chorshanba kuni 2026 yilgi jahon chempionati saralash bahsida Peruni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.
"Unutilmas yilning so‘nggi o‘yinida yana barcha bilan uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman," - deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqlarda.