Levandovski "Barsa" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Robert Levandovski Ispaniyada kamida 38 yoshga to‘lgunicha o‘ynamoqchi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, hujumchi "Barselona" va Kataloniyada o‘zini ajoyib his qilmoqda va shartnomani uzaytirishga qaror qilgan.
Amaldagi kelishuv 2025 yilgacha mo‘ljallangan, biroq polyak o‘yinlarning 50 foizida ishtirok etsa, uni yana bir yilga uzaytirish varianti faollashadi.
Aytishlaricha, Levandovski ko‘proq narsani xohlaydi. U 2027 yilgacha shartnoma tuzmoqchi.
Klub Robertdan, uning yosh jamoaga ta’siridan, shuningdek, hozircha asosiy jamoa darajasida markaziy hujumchi izlashni kechiktirish imkoniyati borligidan mamnun.
Joriy mavsumda avgust oyida 36 yoshga to‘lgan futbolchi La Liganing 13 ta o‘yinida 14 ta gol urdi - bu hammadan ko‘p.