Flik Levandovskidan norozi bo‘lgan
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya Primerasi doirasidagi "Las-Palmas"ga (1:2) qarshi o‘yinda hujumchi Robert Levandovskining o‘yin sifatidan norozi bo‘ldi.
Sport.es xabariga ko‘ra, 2 dekabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot oldidan Flik Levandovski bilan 5 daqiqa suhbatlashib, "Las-Palmas" bilan uchrashuvda yomon o‘yin ko‘rsatgani uchun polshalikdan ochiq shikoyat qilgan. Qayd etilishicha, 36 yoshli futbolchi ustozi bilan kelishib olgan.
Joriy mavsumda polshalik futbolchi "Barselona" safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda qatnashib, 22 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.