Flik eski shogirdini yangi klubiga olib kelmoqchi
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Bild xabariga ko‘ra, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub prezidenti Joan Laportadan "Bavariya" bilan mehnat shartnomasini hali uzaytirmagan kanadalik himoyachini qo‘lga kiritish uchun bor kuchini sarflashni so‘ragan.
Joriy mavsumda 24 yoshli Devis barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.