Kimmix: "Yozgacha kutmayman"
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Joshua Kimmix kelajagi haqida qishda bir qarorga kelishini aytdi.
"Men yozgacha kutmayman. Qishda o‘tiraman va o‘ylab ko‘raman. Yanvar oyida men to‘g‘ri qaror qabul qilaman", dedi Kimmix.
Kimmix “Bavariya”ga 2015 yil iyulida “Shtutgart”dan kelib qo‘shilgandi. Uning shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda 29 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golga assistentlik qildi va 2 ta sariq kartochka oldi.