«Bavariya» Kimmix uchun rejalarini oshkor qildi
Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachi yarim himoyachi Joshua Kimmixni o‘z jamoasida saqlab qolish niyatida. Bu haqda klub bosh direktori Yan-Kristian Drizen gapirdi.
«Biz Kimmix bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq boshlamoqchi ekanligimizni allaqachon ochiq aytgan edik. Men uning jamoaning bir qismi bo‘lib qolishini istardim», - deydi funksioner.
Kimmix «Bavariya»da 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.