Xamann: "Angliya Keynsiz ham kuchliroq bo‘lishi mumkin"
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ditmar Xamann Angliya terma jamoasi myunxenlik hujumchi Xarri Keynsiz yaxshiroq bo‘lardi, degan fikrni bildirdi.
"Ehtimol, Angliya Keynsiz yaxshiroq yoki xavfliroq bo‘lar edi. Ammo Keynning Myunxenga kelishida Tuxel muhim rol o‘ynadi. "Bavariya" Superkubokda, mavsumning ilk o‘yini o‘ynaganida, o‘yindan bir kun oldin Keyn bilan shartnoma imzolangan va u o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaganini eslayman. U 70-daqiqada "Bavariya" 0:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan vaqtda maydonga tushdi. Natijada uchrashuv 0:3 hisobida yakunlandi.
O‘yindan so‘ng Tuxel jamoaning yomonligi uchun Keyndan deyarli uzr so‘radi, bu menga juda g‘alati tuyuldi. Axir Keyn 20 daqiqa maydonga tushgan yoki umuman o‘ynamagan bo‘lsa ham, hamma kabi jamoaning bir qismi bo‘lib qolaveradi", - deya Xamannning so‘zlarini keltiradi Goal.
Tuxel 2025 yildan boshlab Angliya terma jamoasi bilan ishlashni boshlaydi.