Keyn Angliya sardori bo‘lib qoladimi? Tuxel javob berdi
Angliya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Xarri Keyn terma jamoa sardori bo‘lib qoladimi, degan savolga javob berdi.
"Hamma Xarriga qanday munosabatda ekanligimni biladi. Uni "Bavariya"ga olib kelish uchun ko‘p mehnat qilishim kerak edi. U allaqachon afsonaga aylanish yo‘lida. Bunday qarorlarni qabul qilishga hali erta. Men Li Karsliga hurmat ko‘rsatmoqchi emasman va uning ishiga xalaqit bermayman", - deya Tuxel so‘zlarini keltirmoqda Goal.