"Chelsi" A seriya yulduzini nishonga oldi
"Milan" yarim himoyachisi Tijani Reynders Angliya Premyer-ligasining yana bir gigantining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Niderlandiyalik futbolchiga da’vogarlar orasida allaqachon Angliyaning "Manchester Siti", "Tottenxem", "Liverpul" va "Arsenal", shuningdek, "Real" klublari ham bor edi. Calciomercato xabariga ko‘ra, "Chelsi" 26 yoshli "rossonerilar" yetakchisi uchun kurashga kirishgan. Yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash oson bo‘lmaydi, chunki u yaqinda o‘zi e’lon qilganidek, "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Transfermarkt portali Tijani Reyndersning narxini 30 million yevroga baholagan. Futbolchi ushbu mavsumda 18 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.