Daniya MTJning sobiq ustozi APL klubida ishlashi mumkin
"Vest Xem" bosh murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda, chunki jamoaning natijalari kutilganidek meva bermayapti.
Oldinroq seshanba kuni "Lester"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Xulen Lopetegining kelajagi so‘roq ostida qolayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Sky jurnalisti Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Vest Xem" Kasper Yulmann nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
52 yoshli mutaxassis hozirda ishsiz. Yozda Yulmann Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Hozirda "Vest Xem" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.