Sulsher Daniya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Daniya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi.
2024 yilning iyulida Kasper Yulmand terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etdi va Daniya futbol ittifoqi (DBU) uning o‘rniga mashhur murabbiyni jalb qilmoqchi. O‘z navbatida, 51 yoshli Sulsher top-klub bilan bosh murabbiy lavozimi borasida muzokaralar olib bormoqda, shu bois u terma jamoaga ketishni istamadi.
Hozirda Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Morten Vigxorst hisoblanadi. Hozirda Daniya A ligasining 4-guruhida birinchi o‘rinda bormoqda, jamoa 2 uchrashuvda 2 ta g‘alaba qozongan.