Torres "Deportivo"ni boshqarishdan bosh tortdi
Fernando Torres “Deportivo”ni boshqarish taklifini rad etdi, deb xabar beradi Relevo.
Jamoa hozirda Ispaniya Segundasida 16-o‘rinni egallab turibdi, biroq 40 yoshli sobiq futbolchi klubga yordam berish taklifini rad etdi.
Qayd etilishicha, hozirda "Atletiko"ning ikkinchi jamoasini boshqarayotgan Torres "matraschilar"ning asosiy jamoasini boshqarish taklifini kutmoqda.