Fernando Torres "Deportivo" taklifini rad etdi
Madridning "Atletiko" klubi yoshlar jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan Fernando Torres bir necha kun avval "Deportivo"dan tushgan taklifni rad etdi, deya xabar berdi Relevo.
Manbaga ko‘ra, 40 yoshli ispaniyalikning asosiy maqsadi "matraschilar"ning asosiy jamoasini boshqarish.
Uning "Atletiko B" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.