"Barselona" Yamal bilan kelishib oldi
Vinger Lamin Yamalning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Kelishuv tugashiga bir yarim yildan sal ko‘proq vaqt qoldi, ammo Kataloniya klubi butunlay xotirjam.
Gap shundaki, "ko‘k-anorranglilar" allaqachon Yamal bilan og‘zaki kelishuvga ega. Kelasi yoz futbolchi voyaga yetganida, uning shartnomasi 2029/2030 yilgi mavsum oxirigacha uzaytiriladi. Bu haqda Mundo Deportivo o‘z sahifalarida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yangi shartnoma imzolanganidan so‘ng Yamal ish haqini jiddiy oshiradi. Umuman olganda, Lamin Yamal "Barselona"ning asosiy jamoasida 62 ta o‘yin o‘tkazdi va bu o‘yinlarda u 12 ta gol urdi va sheriklariga 14 ta golli uzatma berdi.