Angliya AQSHga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishni xohlamoqda
Angliya futbol federasiyasi mavsum oxirida AQSHga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini istamoqda.
Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, mazkur o‘rtoqlik o‘yini kelishib olinmoqda, biroq uning 2-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi ehtimoli yuqori.
Angliya futbol federasiyasi rahbarlarining fikricha, Qo‘shma Shtatlarga qarshi o‘yin inglizlar uchun yaxshi sinov bo‘ladi, chunki Qo‘shma Shtatlar Kanada va Meksika bilan birga 2016 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Assosiasiyaning rejalari o‘z o‘yinchilariga qo‘shimcha dam berishni afzal ko‘rgan Premyer-liganing yetakchi klublarida norozilikka sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari o‘z futbolchilarini klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda AQSH terma jamoasini “Chelsi”, “Tottenxem” va “Sautgempton” klublarining sobiq boshqaruvchisi Maurisio Pochettino boshqarib kelmoqda.