"Milan" 17 yoshli iqtidorni kuzatib kelmoqda
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Milan" "River Pleyt" iqtidori bo‘lgan Franko Mastantuono uchun dastlabki muzokaralarni boshladi.
Skaut Jeffri Monkada va "Milan" bosh direktori 17 yoshli yigitni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelgan.
Mastantuono 2025 yilning avgustida 18 yoshga to‘ladi va argentinalik eng istiqbolli futbolchilar qatoriga kiradi.