FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun muhim qoidani joriy qildi
Kelgusi yozda Qo‘shma Shtatlar kengaytirilgan formatda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. So‘nggi yillarda futbolchilarning dam olishga vaqtlari kamayib borayotganini inobatga olsak, 32 jamoa ishtirokidagi turnir ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Goal portali FIFA tomonidan belgilangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qoidalariga e’tibor qaratdi. Muhim jihati shundaki, klublar turnirda eng kuchli tarkibdan foydalanishlari shart. Agar bu qoida buzilsa, klub jiddiy sanksiyalarga duch kelishi mumkin.
Shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida klublar o‘z terma jamoalariga futbolchilarni qo‘yib yuborishlari shart emas. Bu KONKAKAF Oltin Kubogiga yo‘l olgan AQSH jamoasi uchun yomon bo‘lishi mumkin.