KO‘JCH o‘tkazilmasligi mumkin, sababi...
Kelgusi yozda FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini kengaytirilgan formatda – 32 nafar ishtirokchi bilan o‘tkazishni rejalashtirgandi.
Biroq, turnir bekor qilinishi mumkin va gap shundaki, so‘nggi paytlarda futbolchilar ko‘proq dam olish istagi haqida ko‘proq gapirishmoqda.
La Gazette dello Sport xabariga ko‘ra, FIFA bir necha sabablarga ko‘ra klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan voz kechishga qaror qilishi mumkin.
Birinchidan, FIFAga hali teleko‘rsatuvlar bo‘yicha takliflar kelib tushmagan, bu esa ishtirokchilar uchun katta daromadni kafolatlamaydi.
Ikkinchidan, Qo‘shma Shtatlar hali klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlarini o‘z stadionlarida o‘tkazishni tasdiqlamadi.
Uchinchidan, turnir iyun-iyul oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu futbolchilarning 30 iyunda tugaydigan shartnomalariga zid keladi. Huquqiy muammo yuzaga keladi.
To‘rtinchidan, ba’zi klublar kengaytirilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazishga qarshi.