La Liga prezidenti FIFAni 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini bekor qilishga chaqirdi
La Liga prezidenti Xavyer Tebas FIFA rahbari Janni Infantinoga murojaat qilib, 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQSHda yangilangan formatda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini bekor qilishni talab qildi.
"FIFA prezidenti, o‘zingiz bilasizki, audiovizual huquqlar siz aytgan byudjetga sotilmagan. Homiylik yordami yetishmasligidan xabardorsiz. Bilasizmi, ligalar va futbolchilar uyushmasi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini xohlamaydi. Uni hozir olib tashlang!
Uni olib tashlang va muzokaralar stoliga o‘tiraylik. Muloqot va muzokaralar ikki xil narsa. Muzokaralar kelishuv bilan tugaydi, ammo muloqot hech narsa bilan tugamaydi. Biz FIFA bilan ko‘p yillardan buyon muloqot qilib kelamiz. Ishonchim komilki, biz kelishuvga erishamiz", - deya Tebasning so‘zlarini keltiradi Marca.