Yamal La Liga yangi mavsumida 10 ta o‘yinda 10 ta golda qatnashdi
Lamin Yamal La Liga mavsumidagi oltinchi golli uzatmani amalga oshirdi.
"Barselona" vingeri "Sevilya"ga qarshi o‘yinda (3:0, tanaffus) Pedriga golli uzatma berdi. 21 yoshli yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan to‘pni yuqori burchakka "tiqib qo‘ydi".
Turnirning eng yaxshi assistentlari ro‘yxatini 17 yoshli Yamal boshqarib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchilari Oskar Mingesa va Aleks Baena har biri 5 tadan golli uzatma berishdi.
Lamin shuningdek, liganing 10 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi.