"Real" APL klublaridan qo‘rqmaydi
"Real Madrid" "Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni sotib olishiga shubha qilmayapti. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, kanadalik Myunxen klubi bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirishi dargumon.
Madridning “Real” klubi 23 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasi vakillarining futbolchiga qiziqishi ortib borayotganiga qaramay, La Liga giganti Devis bilan bo‘lajak kelishuviga optimistik qarashda.
Manbaga ko‘ra, himoyachi uchun "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Liverpul" klublari da’vogarlik qilmoqda.