«Real»ning o‘ng qanot himoyasida kim o‘ynashi aniq bo‘ldi
"Real" futbolchisi Federiko Valverde La Liga 14-tur doirasida "Leganes"ga qarshi o‘tkaziladigan navbatdagi o‘yinda o‘ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushadi. Bu haqda mashhur ispaniyalik jurnalist Xose Luis Sanches ijtimoiy tarmoqlarda (sobiq Twitter) xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, urugvaylik yarim himoyachi jarohatlangan asosiy futbolchilar – Daniel Karvaxal va Lukas Vaskesning o‘rnini egallaydi. Karvaxal tizzasidagi xochsimon bog‘lamlarning uzilishi sababli mavsumning qolgan qismida ishtirok etolmaydi. Lukas Vaskes esa mushak jarohati tufayli kamida uch haftaga safdan chiqdi.
Ilgari ma’lum qilinganidek, bosh murabbiy Karlo Anchelotti bu pozisiyada braziliyalik himoyachi Eder Militaoni qo‘llashni rejalashtirgandi, ammo u ham tizzasidagi jarohati tufayli mavsum oxirigacha o‘ynay olmaydi.
Madridning "Real" klubi hozirda 27 ochko to‘plab, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ispaniya chempionati jadvaliga 33 ochko jamg‘argan "Barselona" yetakchilik qilmoqda.