"Real" futbolchisi qancha vaqtga safdan chiqdi?
"Real" himoyachisi Lukas Vaskes qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bugun, 9 noyabr kuni “Real” Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida o‘z maydonida “Osasuna”ni mag‘lub etdi.
O‘yin 4:0 hisobida yakunlandi. Birinchi bo‘lim oxirida 33 yoshli Vaskes jarohat oldi, ammo tanaffusga qadar o‘ynadi.
Biroq o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshlangunga qadar himoyachi almashtirildi. Sinovlardan so‘ng Vaskes mushaklaridagi jarohat tufayli uch haftaga yaqin maydonga tushmasligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.