Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tekinga namoyish etiladi
«DAZN» 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ko‘rsatadi.
Striming xizmati FIFA bilan 1 milliard yevrolik shartnoma tuzib, turnir o‘yinlarini ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritdi. «DAZN» turnirning barcha 63 ta o‘yinini 200 ta davlatda bepul namoyish etadi. Mahalliy tarmoqlar uchun sublisenziyalash shartnomalari ham amalga oshirilishi kutilmoqda.
«Ushbu kelishuv tufayli butun dunyo bo‘ylab milliardlab futbol muxlislari endi tarixdagi eng qulay klub futbol turnirini bepul tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi», dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.
15 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda 32 jamoa ishtirok etadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.