FIFA 2034 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini tashkil etishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin
FIFA 2034 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda kutilmagan qiyinchiliklarga duch keldi, deb yozadi Calcio e Finanza nashri.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda JCH-2034 mezbonligi uchun yagona ariza faqat Saudiya Arabistoni tomonidan berilgan edi. Katta ehtimol bilan u yerda jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Biroq, sana tanlashda muammo bor, chunki yozda mamlakat juda kuchli issiqlikni boshdan kechirishi mumkin, qishda esa Ramazon oyi bo‘ladi.
Arizaga ko‘ra, maydan sentyabrgacha mezbon shaharlarda kunduzgi harorat 17 ° S dan 38 ° S gacha o‘zgarib turadi, lekin aslida u yanada yuqori bo‘lishi mumkin.
Musulmonlar qamariy taqvim bo‘yicha nishonlanadigan Ramazon esa 2034 yilning dekabriga to‘g‘ri keladi, bu esa qishda jahon chempionatini o‘tkazishni ham ancha qiyinlashtiradi.
"Biroq, 2034 yil uchun xalqaro erkaklar o‘rtasidagi o‘yinlar taqvimini tuzish uchun ajratilgan katta vaqt, shuningdek, nomzod ko‘rsatgan moslashuvchanlik va hamkorlik ruhi bu qiyinchiliklarni qisman yumshatgan omillardir" - deyiladi FIFA hisobotida.