FIFA JCH-2034 mezbonligi uchun Saudiya Arabistonining imkoniyatini yuqori baholadi
2023 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistoni Jahon Chempionatini o‘tkazish niyatini e’lon qilgan edi. FIFA mamlakatning 2034 yilgi chempionatga yagona nomzod ekanini tasdiqladi.
FIFA Saudiya Arabistonining turnirni o‘tkazishga bo‘lgan arizasini baholash bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Ariza 500 balldan 419,8 ball olib, tarixdagi eng yuqori natijaga ega bo‘ldi.
Hisobotda, shuningdek, «huquqlar bo‘yicha potensial xavf-xatarlar»ga e’tibor qaratilgan.
FIFAning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonining arizasi Mundiallarning «kelajak avlodi» uchun unikal, innovasion va ambisiyali ko‘rinishini taqdim etadi.
Manba: sports.ru