Uilyams: "Endi kelajagim haqida o‘ylamayman"
Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyams kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
O‘tgan yozda "Barselona" va "PSJ" 22 yoshli ispaniyalikni qo‘lga kiritishni istagandi.
"Endi kelajagim haqida o‘ylamayman. Men "Atletik"da baxtliman, muxlislar ham bundan xursand. Bilbao mening uyim.
Men bu yerda hayotdan zavqlanaman. Men "Atletik"ni eng yuqori darajaga olib chiqmoqchiman. Mening asosiy orzum - San-Mamesda finalda o‘ynash", - deya Uilyamsning so‘zlarini keltiradi El Mundo.