Niko Uilyams yana "Barselona"ga muvaffaqiyatsiz transferini esladi
"Atletik" vingeri Niko Uilyams yana "Barselona"ga o‘tolmaganini esladi.
Yevropa chempioni o‘tgan yozda "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy maqsadi edi, ammo u o‘z klubida qolishga qaror qildi.
"Lamin (Yamal) va Balde menga doimiy ravishda: "Bizning yonimizga ko‘chib o‘t, birodar, ko‘chib o‘t" deb xabar yuborishdi. Men ularga keyinroq javob berishini aytdim. Oxir-oqibat oilam bilan hammasini muhokama qilib, "Atletik"da qolishga qaror qildim. Hammasi shu," - deya Uilyamsning so‘zlarini keltiradi La Revuelta.