"Barselona" Nikoni sotib oladi, agar...
Bilbaoning "Atletik" klubi vinger Niko Uilyams bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan yozda "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi, ammo transfer amalga oshmadi.
Endi bask klubi o‘z yulduzi bilan yangi shartnoma tuzishga umid qilmoqda.
Diario Sport xabariga ko‘ra, "Atletik" Uilyams bilan kelishuvni uzaytirish uchun ko‘p harakat qilmoqda.
Kataloniya grandi hali ham Yevropa chempioni bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor, biroq 2025 yilda unga faqat bitta holatda da’vo qilishlari mumkin - agar hozirda 60 million yevroni tashkil etuvchi tovon puli oshirilmasa.