Keyn Irlandiya ustidan qozonilgan yirik g‘alabaga munosabat bildirdi
Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn Millatlar ligasida Irlandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashdi (5:0).
Inglizlar 5 ta golning barchasini tanaffusdan so‘ng kiritdi. Birinchi gol muallifi 53-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Keyn bo‘ldi.
«Bu haqiqatan ham muhim g‘alaba. Biz yaxshi yig‘in o‘tkazdik, ikki murakkab o‘yin ortda qoldi. Bugun biz Gresiyadagi kabi vazifani uddaladik. Birinchi taym qiyin bo‘ldi, ammo tanaffusda kuch to‘pladik va o‘z ishimizni qildik. Biz yangi kelganlarga imkoniyat berish qanchalik muhimligi haqida gaplashdik. Ular bu yerga shunchaki kelmaganliklarini ko‘rsatishdi», - dedi «ITV Sport» bilan suhbatda Keyn.