Flik shogirdi borasida ma’lumot berdi
"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik Lamin Yamalni maydonga qaytarishga shoshilmayapti.
17 yoshli futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli "Barsaning" so‘nggi ikki o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Xabaringiz bor, vunderkind hali jarohatini davolagani yo‘q, shu bois uning Chempionlar ligasining “Brest”ga qarshi bo‘lajak o‘yinida ishtirok etishi dargumon.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Flik ispaniyalik futbolchining sog‘ligini xavf ostiga qo‘yish niyatida emas.
Murabbiy o‘yinchini to‘liq tuzalib, optimal formada bo‘lgandagina uni maydonga tushiradi.