Lempard yangi klubni qabul qilishga yaqin turibdi
Angliyalik mutaxassis Frenk Lempard "Koventri" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Florian Plettenberg.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 46 yoshli britaniyalik bilan muzokaralar ilg‘or bosqichda. Shartnomaning yana ayrim tafsilotlari muhokama qilinmoqda.
"Koventri" 15 ta o‘yindan so‘ng 16 ochko bilan Chempionship turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.