Lempard ingliz klubida ish boshlashga yaqin turibdi
Frenk Lempard murabbiylikka qaytishga yaqin turibdi. The Mirror o‘z sahifalarida xabar berishicha, 46 yoshli mutaxassis "Koventri Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlanadi.
Lempard 2022/2023 yilgi mavsum oxirida "Chelsi"ni tark etganidan keyin bir yarim yil davomida murabbiy sifatida ishlamadi. Keyin Frenk "pensionerlar" boshqaruvidagi ikkinchi davrini bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida yakunladi.
"Koventri Siti" chempionshipda, ya’ni Angliyaning ikkinchi divizionida o‘ynaydi. U yerda jamoa hozirda turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.