Bundesliga klubi bosh murabbiyini ishdan bo‘shatdi
"Xoffenxaym" matbuot xizmati Pellegrino Matarasso jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 46 yoshli mutaxassisning iste’foga chiqarilishiga klubning mavsumning birinchi yarmidagi qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan.
Matarasso ketganidan keyin jamoani vaqtinchalik Frank Freling va Benjamin Xyubner boshqaradi.
“Xoffenxaym” Bundesliganing 10-turida 9 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.