A Seriyada iste’fo yuz berdi
Juma oqshomida «Lechche» Italiya chempionati doirasida o‘z uyida «Empoli»ni mag‘lub eta olmadi – uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Ertasi kuni «Lechche» Luka Gotti jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Klub rahbariyati 57 yoshli mutaxassisga mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.
Luka Gotti mart oyining o‘rtalaridan beri «Lechche»ga ustozlik qilib keladi. Ushbu murabbiy boshchiligidagi 24 o‘yinda jamoa olti g‘alaba, yetti durang va o‘n bir mag‘lubiyat qayd etgan.
«Lechche» hozirda A Seriya turnir jadvalida 18-o‘rinda, ya’ni quyi ligaga tushib ketish zonasida joylashgan.