Fransiya klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi
"Renn" bosh murabbiyi Jyulyen Stefanni iste’foga chiqardi.
Bugun klub 44 yoshli mutaxassisni hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi.
U o‘tgan yildan buyon klubni boshqarib kelayotgandi va bungacha 2018 yildan 2021 yilgacha bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
L’Équipe nashrining yozishicha, fransuzlar Xorxe Sampaoli bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
O‘tgan yakshanba kuni "Renn" Liga 1ning 10-turida "Oser"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4). Hozirda jamoa Fransiya chempionatida 11 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.