Rays singan barmoqlari bilan "Chelsi"ga qarshi o‘ynashga tayyor
Deklan Rays oyoq barmog‘i singan holda o‘ynashga tayyor.
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachi shanba kuni bo‘lib o‘tgan "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda (0:1) barmog‘i singanligi sababli "Arsenal"ning "Inter"ga (0:1) qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborgan.
Angliyalik futbolchi bu hafta mashg‘ulot o‘tkaza olmadi, hatto jarohat olgan oyog‘iga butsa ham kiymadi. Biroq, og‘riqlarga qaramay, yarim himoyachi yakshanba kuni "Chelsi"ga safarda bo‘ladigan o‘yinda o‘ynashga tayyor.
Bundan tashqari, futbolchi Angliya terma jamoasining bo‘lajak Gresiya va Irlandiyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinlariga kiritildi.
Agar "Chelsi"ga qarshi o‘yin muammosiz o‘tsa, Rays terma jamoada o‘ynashga tayyor. Uning ishtiroki Millatlar ligasi guruhida birinchi o‘rinni egallash va pley-off bosqichidan qochish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun Gresiyani mag‘lub etishi kerak bo‘lgan jamoa uchun muhim hisoblanadi.