“Inter” himoyachisi tez orada yangi shartnoma imzolaydi
Milanning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissek tez orada klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolaydi.
Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Bissekning vakillari va "Inter" o‘rtasida yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tadi va unda bo‘lajak shartnomaning yakuniy tafsilotlari hal qilinadi.
Qayd etilishicha, yangi kelishuv muddati ish haqi sezilarli darajada oshirilgan holda besh yilni tashkil etadi.