Viyeyra A Seriya klubi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
Alberto Jilardino "Jenoa"ni tark etdi.
Italiya klubi 42 yoshli mutaxassisni bosh murabbiylikdan chetlatganini ma’lum qildi.
Jilardino jamoani 2022 yilning dekabridan buyon boshqarib kelayotgandi va "Jenoa"ni A Seriyaga qaytargandi. Joriy Italiya chempionatining 12 turida genuyaliklar 10 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Fabrisio Romano jamoaning yangi murabbiyi Patrik Viyeyra bo‘lishini ta’kidlamoqda.