Alberto Jilardino "Jenoa"ni tark etdi.
Italiya klubi 42 yoshli mutaxassisni bosh murabbiylikdan chetlatganini ma’lum qildi.
Jilardino jamoani 2022 yilning dekabridan buyon boshqarib kelayotgandi va "Jenoa"ni A Seriyaga qaytargandi. Joriy Italiya chempionatining 12 turida genuyaliklar 10 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Fabrisio Romano jamoaning yangi murabbiyi Patrik Viyeyra bo‘lishini ta’kidlamoqda.