Balotellining «Jenoa» bilan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi
Italiyalik hujumchi Mario Balotelli «Jenoa»ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Tomonlar 2025 yilning iyunigacha bo‘lgan shartnoma borasida kelishib olishdi. Ish haqi – 250 ming yevro + bonuslar.
Balotelli 2 hafta oldin «Jenoa»ga o‘tishga tayyorligini e’lon qilgan edi.
Jamoa bosh murabbiyi Alberto Jilardino va prezident Alberto Zangrillo hujumchi bilan zudlik bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda. Bosh direktor Andres Blaskes ham o‘z roziligini berishi kerak.
Balotelli o‘tgan mavsum oxirida «Adana Demirspor»ni tark etgandi.