Balotelli "Jenoa"da 300 ming yevro ishlab oladi
Xabar berganimizdek, italiyalik hujumchi Mario Balotelli "Jenoa" bilan shartnoma imzolaydi, u avval "Milan" va "Inter" kabi klublarda to‘p tepgan A Seriyaga qaytadi. Shartnomaning ba’zi qo‘shimcha shartlari ham ma’lum bo‘ldi. U bir mavsumga, 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolaydi. Marioning yillik maoshi 300 ming yevroni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Jenoa" bu mavsumda unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti, jamoa hozirda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida o‘n sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.